Mustaqillik qadri — taqqoslashda bilinadi... (+video)
Mamlakatimiz hayotidagi unutilmas tarixiy voqea – jannatmakon yurtimizning davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgani va mustaqil taraqqiyot yo‘lini boshlaganiga 35 yil to‘ldi.
Hurriyatparvar ajdodlarimizning asriy orzusini, xalqimizning tenglar ichra teng bo‘lish huquqini yuzaga chiqargan, milliy o‘zligimiz, qaddimiz va qadrimizni tiklagan, mamlakatimiz tinchligi va taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini ta’minlayotgan, yoshlar kelajagiga mustahkam zamin yaratayotgan aziz va mukarram Mustaqilligimizning qadri, albatta, taqqoslashda bilinadi.
Istiqlol yillarida yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish yo‘lida tarixiy ishlar amalga oshirildi, mard va oliyjanob xalqimizning bukilmas irodasi va ulkan salohiyati bilan katta marralar zabt etildi.
O‘tgan o‘ttiz besh yil ozod Vatanimiz uchun tom ma’nodagi uyg‘onish, tiklanish va yuksalish davri bo‘ldi. Iqtisodiyot, ilm-fan, madaniyat, ma’rifat, ma’naviyat, demokratik jamiyat qurilishi va boshqa sohalarda mislsiz yutuqlar qo‘lga kiritildi. Ayniqsa, oxirgi yillarda barcha sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar shiddatli tus oldi.
Bugungi lavhamizda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adiba va dramaturg Shahodat Isaxonova yurtimizdagi 35 yillik o‘zgarishlarni adabiy va tarixiy taqqoslashlarda ko‘rsatib berdi.
Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA