“Mustaqillik kubogi”da kuchlilar saralanmoqda
FOTOREPORTAJ
“Mustaqillik kubogi” musobaqasining guruh bosqich uchrashuvlari qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda yakunlandi.
[gallery-29267]
Musobaqa davomida jamoalar har bir ochko uchun kurash olib borib, muxlislarga keskin va qiziqarli o‘yinlar taqdim etdi. Ayrim uchrashuvlarda so‘nggi daqiqalarda kiritilgan gollar g‘olib nomini aniqlab bergan bo‘lsa, ba’zi bahslarda darvozabonlarning ishonchli harakatlari natijaga ta’sir ko‘rsatdi.
[gallery-29268]
Guruh bosqichida ishtirokchi jamoalarning jismoniy tayyorgarligi, tezkor kombinatsiyalari va g‘alabaga bo‘lgan intilishi maydonda yaqqol namoyon bo‘ldi. Yosh futbolchilarning faol harakatlari va texnik mahorati ham muxlislar e’tiborini tortdi.
[gallery-29269]
Musobaqa davomida jamoalarini qo‘llab-quvvatlagan muxlislar ham o‘ziga xos bayram muhitini yaratdi. Quvonchli lahzalar, hayajonli vaziyatlar va sportga xos kurash ruhi fotokadrlarda aks etdi.
Endi musobaqaning keyingi bosqichida kuchli jamoalar g‘oliblik uchun bahsni davom ettiradi.
Sarvar O‘RMONOV,
Muhammad AMIN,
Otabek MIRSATOV(surat),O‘zA