“Mustaqillik kubogi”da final bahslari davom etmoqda
Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida ilk bor tashkil etilgan mini-futbol bo‘yicha “Mustaqillik kubogi” musobaqasida hal qiluvchii o‘yinlar bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda mamlakatimiz futbol assotsiatsiyasi tomonidan va Jurnalistlar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqaning hal qiluvchi kunida final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.







Unda “MTRK” hamda “Renessans” — jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.




Eslatib o‘tamiz, “Mustaqillik kubogi” g‘olibi 25 million so‘mlik mukofot puli bilan taqdirlanadi. Shuningdek, ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblariga mos ravishda 15 million va 10 million so‘mdan pul mukofoti topshiriladi.
Javohir Toshxo‘jayev, Sarvar O‘rmonov (surat), O‘zA