“Mustaqillik kubogi” uchrashuvlarida favoritlar saralanmoqda
Poytaxtimizda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi hamkorligida ommaviy axborot vositalari vakillari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Mustaqillik kubogi” musobaqasi qizg‘in bahslarga boy bo‘lmoqda.
Mazkur musobaqaning o‘tgan ikki turida jamoalar orasida favoritlar saralandi. Dastlabki tur bahslarida “Yangi O‘zbekiston” — “Daryo.uz” 0:0, “Biz tv” — “Futbol tv” 1:4, “Yoshlar tv” — “Anhor.uz” 0:0, “Bugun sport” — “Renessans” 0:3, “O‘zA” — “Sports.uz” 0:3, “Markaziy sektor” — “Turon” 2:4, “MTRK” — “Futgoal” 7:0, “Sevimli tv” — “Muslim.uz” 3:1, “Bojxona.uz” — “O‘FA” 5:9 va “Teleradio markazi” — “Qalampir.uz” 5:0 hisobidagi natijalar qayd etildi.
Shuningdek, 2-tur to‘qnashuvlari yakunlaridan o‘rin olgan uchrashuvlar “Anhor.uz” — “Daryo.uz” 2:2, “Futbol tv” — “Yoshlar tv” 2:1, “Yangi o‘zbekiston” — “Biz tv” 0:7, “Turon” — “Renessans” 2:0, “Sports.uz” — “Markaziy sektor” 4:0, “Bugun sport” — “O‘zA” 1:2, “Futgoal” — “Sevimli tv” 1:5, “Kun.uz” — “MTRK” 0:1, “O‘FA” — “Teleradio markazi” 2:1, “Ishonch gazetasi” — “Bojxona.uz” 6:3 hisobida yakunlandi.
[gallery-29243]
Musobaqa 8-mayga qadar davom etadi.
Javohir Toshxo‘jayev, Otabek Mirsoatov (surat) O‘zA