“Mustaqillik kubogi”: ilk kun o‘yinlari kutilmagan natijalar va keskin bahslarga boy o‘tdi
Poytaxtimizda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda mamlakatimiz Jurnalistlar uyushmasi hamkorligida ommaviy axborot vositalari vakillari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Mustaqillik kubogi” musobaqasi davom etmoqda.
Musobaqaning ilk kungi bellashuvlari yuqori shiddat, murosasiz kurashlar va qator kutilmagan natijalar bilan yodda qoldi. Unda «A» va «B» guruhlarida ishtirok etuvchi barcha jamoalar o‘z uchrashuvlarini o‘tkazib bo‘ldi. «C» va «D» guruhlarida esa ayrim jamoalarda o‘yinlar soni nisbatan kam bo‘lib, bu holat 7-may kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi bahslarda jadvalda jiddiy o‘zgarishlar yuz berish ehtimolini oshirmoqda.
[gallery-29255]
Shu o‘rinda aytish joiz, turnir davomida ayrim texnik holatlar ham qayd etildi. Jumladan, «Biz TV» jamoasi «Yangi O'zbekiston»ga qarshi uchrashuvda musobaqa reglamentini buzgani sababli unga texnik mag‘lubiyat yozildi.
Shuningdek, «Markaziy sektor» jamoasi «Bugun Sport»ga qarshi o‘yinga to‘liq tarkib bilan chiqa olmadi. Natijada, nizomga muvofiq «Bugun Sport» jamoasiga 3 ochko taqdim etildi.
[gallery-29256]
“Mustaqillik kubogi” musobaqasi doirasida 7-may kuni quyidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi:
08:00 — «Futbol TV» – «Daryo.uz», «Yangi O'zbekiston» – «Anhor.uz», «Biz TV» – «Yoshlar TV», «Sports.uz» – «Renessans»;
08:45 — «Bugun Sport» – «Turon», «O'zA» – «Markaziy sektor», «Kun.uz» – «Muslim.uz», «MTRK» – «Sevimli TV»;
09:30 — «Ishonch gazetasi» – «Qalampir.uz», «Bojxona.uz» – «Teleradio markazi», «Yoshlar TV» – «Daryo.uz», «Anhor.uz» – «Biz TV»;
10:15 — «Futbol TV» – «Yangi O'zbekiston», «Markaziy sektor» – «Renessans», «Turon» – «O'zA», «Sports.uz» – «Bugun Sport»;
11:00 — «Muslim.uz» – «MTRK», «Futgoal» – «Kun.uz», «Qalampir.uz» – «Bojxona.uz», «O'FA» – «Ishonch gazetasi».
[gallery-29257]
Musobaqa davom etmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, Sarvar O‘rmonov (surat), O‘zA.