Musobaqa menga motivatsiya berdi
Qarshi shahridagi Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi oldida bir guruh yoshlar, keksalar, sportchilar, harbiylar, imkoniyati cheklangan yoshlar to‘plandi. Ularni birlashtirgan kuch vatanparvarlik hissidir.
Ular O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan o‘tkazilgan “Yangi nafas” shiori ostidagi ommaviy yugurish musobaqasiga qatnashdi.
Barcha belgilangan vaqtda Qarshi shahridagi “Mustaqillik” shoh ko‘chasi bo‘ylab yugurish marofonida ishtirok etdi. Ishtirokchilar Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi old qismidan, viloyat drama teatri xududigacha bo‘lgan 3 kilometrlik masofani bosib o‘tdi.
[gallery-9553]
G‘olib va sovrindorlar Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
– Shahrisabz tumanidagi 1-sonli sport maktabida uch yildan buyon shug‘ullanaman, – deydi shahrisabzlik Jahongir Majidov. – bugungi musobaqa yoshlarni yagona tashabbus ostida birlashtirgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Musobaqada g‘olib bo‘lganim, keyingi faoliyatimga katta motivatsiya beradi.
O‘lmas Barotov,
Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA.