Murodjon Ahmadaliyev ringga qaytmoqda
Kechaning asosiy jangida sobiq jahon chempioni Deniel Jeykobs ringga koʻtariladi.
Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida (55 kg) WBA va IBF jahon chempionlik kamari sohibi, hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev oʻzining navbatdagi jangini noyabr oyida oʻtkazishni rejalashtirmoqda.
“Boxingscene” saytining xabar berishicha, “Matchroom” kompaniyasi tomonidan noyabr oyining ikkinchi yarmida oʻtkazilishi kutilayotgan professional boks kechasida Murodjon Ahmadaliyev IBF yoʻnalishida majburiy daʼvogar va vaqtinchalik jahon chempioni yaponiyalik Ryosuke Ivasadan oʻz kamarini himoya qiladi.
Kechaning asosiy jangida sobiq jahon chempioni Deniel Jeykobs ringga koʻtariladi. Unga raqib sifatida esa hozircha 2 ta nomzod Gabriel Rosado va Jon Rayder nomzodi ilgari surilmoqda.
Dunyo va oʻzbek sportiga oid xabarlarni UzA.uz saytida kuzatib boring!