Muhammadiyor Toshmurodov: G‘ilon mo‘jizasi - Rassom ustaxonasi1-qism
Qariyb 45 yildan buyon tasviriy san’atga fidokorona xizmat qilib kelayotgan, o‘zining betakror badiiy uslubini shakllantirgan, akademik yo‘nalishda samarali ijod qilib, yuzlab shogirdlar tarbiyalagan iste’dodli musavvir Muhammadiyor Toshmurodov bilan samimiy va mazmunli suhbat qurdik.
Muhammadiyor Toshmurodov ijodining muhim xususiyatlaridan biri — milliy hayotni tashqi etnografik belgilar orqali emas, balki uning ichki ruhiyati va tabiiy muhiti orqali ifodalashga intilishidir.
Rassomning qishloq hayoti, inson mehnati va tabiatga bag‘ishlangan asarlarida hayotning oddiy manzaralari muayyan badiiy falsafaga aylanadi. Bu asarlarda mehnat qahramonlikdan ko‘ra tabiiy hayot tarzi sifatida namoyon bo‘ladi. Inson tabiatdan ajralgan holda emas, balki uning ajralmas bir qismi sifatida talqin etiladi. Ayniqsa, «G‘ilon turkumi» rassom ijodida alohida o‘rin tutadi.
Qashqadaryo viloyatining G‘ilon qishlog‘i hayotiga bag‘ishlangan ushbu asarlarda tog‘li hududning o‘ziga xos tabiati, mehnatkash insonlar qiyofasi, kundalik turmush manzaralari va milliy hayot tarzi o‘zaro uyg‘unlashadi. G‘ilon obrazi rassom uchun oddiy geografik makon emas. U — inson va tabiat munosabati, avlodlar xotirasi, mehnat madaniyati va milliy turmush falsafasini mujassam etgan badiiy makondir. Shu jihatdan «G‘ilon turkumi»ni rassomning ijodiy laboratoriyasi sifatida ham baholash mumkin.
<iframe width="640" height="350" src="https://www.youtube.com/embed/cD6nR-cVwfw" title="Rassom ustaxonasi: Muhammadiyor Toshmurodov 1-qism" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Munira Ramazonova, Doniyor Yakubov, Salimjon Obidjonov, O‘zA