Mudom yangrab tursin o‘zbek degan nom (+video)
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida “Kitobxon onalar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ziyolilar hamda hududiy axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari ishtirok etdilar.
“Mudom yangrab tursin o‘zbek degan nom” shiori ostida o‘tgan tadbirda Prezidentimiz tomonidan madaniyat, san’at va adabiyot sohalarida mukofotlangan ijodkorlar qatnashdi. So‘zga chiqqanlar ularning xalq ma’naviyatini yuksaltirish, milliy madaniyatimizni dunyoga tanitish va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasini alohida e’tirof etdilar.
Shuningdek, oila institutini mustahkamlash, onalik va bolalikni himoya qilish hamda gender tengligini ta’minlash yo‘lidagi xizmatlari bilan ajralib turgan ayollarning o‘rni ta’kidlandi. Mukofot sohibalari esa ayollarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va yuksak ishonch uchun minnatdorlik bildirib, bu e’tirof ularni yanada samarali faoliyat yuritishga undashini qayd etdilar.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/bp-3Al0sRk8?si=zSwwBCe2LvWs6Sns" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA