Mozambikda muxolif siyosatçi sudlanadi
Mozambikda muxolif siyosatçi Venansio Mondleyn ustidan sud jarayoni boşlandi. Sobiq prezidentlikka nomzodga beş xil, jumladan terrorizmga daʼvat qiliş aybi qöyilgan.
DW naşri xabar berişiça, uşbu jarayon mamlakat siyosiy kelajagini belgilab beradi va fuqarolarning davlat institutlariga işonçi darajasiga taʼsir körsatadi.
Gumonlanuvçi 2024-yil oktabr oyidagi saylovdan keyin jinoyatni ommaviy ravişda tarğib qiliş, jamoaviy böysunmaslik va terrorizmga undaşda ayblanyapti. Aybdor deb topilsa, siyosatçi 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin.
Mondleyn barça ayblovlarni inkor etib, heç qaçon zöravonlikka çaqirmaganini bildirdi. Öz ommaviy bayonotlari zöravonlikning oldini olişga qaratilganini taʼkidladi.
– Köplab bayonotlarim ayblovga nisbatan butunlay teskari mazmunda ekaniga yetarli dalillar bor, – degan edi u sentabr oyida Strasburgdagi Yevropa parlamenti yiğilişiga taşrifi çoğida.
Saylovdan keyingi norozilik namoyişi ikki asosiy maqsadni közlagan: Mondleyn siyosiy harakati aʼzolarining suddan taşqari qatl etilişini tergov qiliş uçun hukumatga bosim ötkaziş va saylov natijasi böyiça haqiqatni aniqlaş.
Noroziligimiz bilan boğliq asosiy masalalar şular edi, – deya qöşimça qilgan u. – Buning zöravonlikka mutlaqo aloqasi yöq.
A.Mamatov, ÖzA