2026 – xakerlar yilimi?
Kuni keça xakerlar guruhi “Visa”, “Mastercard” va “JPMorgan Chase” banklariga xakerlik hujumi uyuştirgani maʼlum qilindi. “Natijada minglab mijoz maʼlumoti oşkor qilindi”, deb yozgan “The Wall Street Journal” naşri.
Afsuski, kiber hujum haqidagi xabarlar sönggi payt köpaysa köpaydiki, aslo kamaygani yöq. Raqamli dunyo taraqqiy etgani sari texnologiyadan ğarazli maqsadda foydalanişni közlayotgan yaşirin guruhlarning hujum vositalari ham şunday jadal takomillaşmoqda.
Uzoqqa bormaylik, oktabr oyida “Binance” kripto valyuta birjasiga keng kölamli elektron hujum uyuştirildi: platformadan taxminan 6,3 milliard dollarlik valyuta öğirlandi. Kompaniya maʼlumotiga köra, jinoyatçilar amaliyotni bir neça oy davomida rejalaştirgan.
Infiltratsiya usullaridan biri soxta intervyudir. Masalan, xaker özini xayoliy kompaniya xodimi sifatida körsatib, xodimdan test bajarişni söragan. Yuklab olingan kodda içki tizimga kiriş uçun yöl oçuvçi zararli dastur mavjud bölgan.
Federal qidiruv byurosi – FQB hujumni Şimoliy Koreya bilan boğladi. Pxenyan esa ayblovni inkor etdi.

Yaqinda zamonaviy dunyo raqamli tizimga öta boğliqligi yana bir bor eslatildi. Avvaliga keng kölamli uziliş “Microsoft” xizmatiga taʼsir körsatdi, keyin Qöşma Ştatlar havo qatnovi tizimi jiddiy muammoga duç keldi. Federal aviatsiya maʼmuriyati (FAA) mamlakat böylab bir neça soat davomida havo harakatini töxtatdi. Minglab reys bekor qilindi yoki keçiktirildi. Bu voqealar deyarli bir vaqtda sodir bölişi ehtimoliy kiber hujum böyiça savollar tuğdirdi. AQŞ rasmiylari esa bu hodisalar örtasida heç qanday boğliqlik topmadi. Binobarin, vaziyat yana bir bor texnik nosozlikning jiddiy oqibatini körsatdi.
Oktyabr oyida xakerlik bilan boğliq yana bir fakt kuzatildi. Yaʼni, turli veb-saytlar tomonidan işlatiladigan dasturlaş tili aniqlandi. Şu tariqa taşkilotlar favqulodda himoya çorasini körişiga töğri keldi. Davlat idoralari, bank, aviakompaniya va boşqa tuzilmalar kuçli hujumning oldini oliş uçun ayrim internet-resurslarni vaqtinça öçirib qöyişga majbur böldi. Taʼsirga uçraganlar orasida Germaniya, Finlyandiya, Niderlandiya va Yaponiya saytlari ham bor edi.

Bu voqealar sababi turliça, albatta: maqsadli kiber hujum, işlab çiquvçi xatosi yoki texnik nosozlik. Faqat barça holatda natija bir xil – raqamli muammo tezda individual kompyuterdan taşqariga tarqaladi va butun sanoat tarmoğiga taʼsir körsatadi.
Kiber hujum ançadan beri faqat şaxsiy maʼlumot va individual kompaniyalarga tahdid solib kelardi. Endi esa bank amaliyotini buzişi, logistikani falaj qiliş va sanoat jarayonini töxtatiş urfga kirdi.
Xulosa şuki, atigi 10 yil oldingidan farqli ölaroq, endi kibernetika hujumi oqibati aeroport, kasalxona, bank, davlat idorasi va kabi muhim infratuzilmada maskanlarida ham sezila boşladi. Qolaversa, raqamli infratuzilma allaqaçon milliy xavfsizlikning bir qismiga aylanib ulgurgan. Demak, zaiflik xalqaro qarama-qarşilik omiliga ham aylanmoqda.
S.Rahimov, ÖzA şarhlovçisi