Mourino A Seriyaga qaytadi(mi?)
Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino yozda yana Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkin.
Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino yozda yana Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkin. Yodingizda bo‘lsa, u 2008-2010 yillarda ikki mavsum Milanning “Inter” jamoasini boshqargan edi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassisning xizmatiga uning sobiq jamoasi “Inter” hamda Rimning “Roma” klublari qiziqish bildirmoqda. Xabarda aytilishicha, rimliklar Mourino bilan telefon orqali bog‘langan, muzokaralar boshlang‘ich bosqichda turibdi.
Tuttomercatoweb bergan ma’lumotga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis “Inter” klubida ish boshlash uchun yillik maoshi 10 million yevrodan 8 million yevroga kamayishiga ham rozi bo‘lgan. Jozening nomzodini “neradzurri”lar klubi vitse-prezidenti Xaver Zanetti qo‘llab-quvvatlamoqda.
Biroq, “Inter” klubi bosh direktori Beppe Marotta esa jamoa boshqaruviga o‘zining eski tanishi, “Chelsi” hamda Italiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Antonio Konteni olib kelmoqchi.
Xullas, voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.