Mobil aloqa tariflari oshishi asosliligi o‘rganilmoqda
Ayrim mobil operatorlar xizmatlari narxini oshirishni rejalashtirmoqda.
Bu esa internet sifati, trafikdan to‘liq foydalanish imkoniyati va tariflar narxining oshishi bilan bog‘liq iste’molchilar e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Raqobat qo‘mitasi operatorlar tomonidan narxlarni oshirish asosliligini o‘rganishni boshladi. Qonunbuzilishlar aniqlansa, belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.
Qo‘mita tomonidan avval ham iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qator choralar ko‘rilgan. Jumladan:
Beelineda abonentlarni ogohlantirmasdan kunlik tarifga o‘tkazish amaliyoti bekor qilindi, 100 dan ortiq davlat ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroqlar bepul qilindi.
Mobiuzda tarif rejalariga o‘tishdagi texnik cheklovlar bartaraf etildi va tarif shartlari haqida to‘liq ma’lumot berish ta’minlandi.
Ucellning ommaviy ofertasi qayta ko‘rib chiqilib, moddiy va ma’naviy zarar uchun javobgarlik belgilandi.
Nigora Rahmonova,O‘zA