Mingga yaqin g‘oliblarni qamrab olgan mega loyiha — “Milliy tanlov” natijalari eʼlon qilindi
Prezidentimiz tashabbusiga ko‘ra, "Besh million sun'iy intellekt yetakchilari" loyihasi doirasida “Milliy tanlov”ning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha gʻoliblari aniqlandi.
“Eng faol ishtirokchi” yoʻnalishidagi gʻoliblar noutbuk planshert va qimmatbaho texnikalar bilan taqidlanadi. “Eng faol informatika fani o‘qituvchisi” yoʻnalishidagi 100 nafar ustozlar 1000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti, 10 nafar ustozlar xorijga sayohat yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
“Eng faol oliy ta’lim tashkiloti” yoʻnalishida aniqlangan gʻoliblarlarga jami 175 million so'm miqdoridagi pul mukofotlari topshirildi.
“Eng faol maktab” yo‘nalishi bo‘yicha eng faol deb topilgan 2 ta maktabga Prezident sovg‘asi — elektromobil topshiriladi. “Milliy tanlov”da yuqori natijalarga erishgan barcha g‘oliblarni samimiy muborakbod etamiz! Aprel oyida bo'lib o'tadigan tantanali taqdirlash marosimida g‘oliblar munosib ravishda taqdirlanadi.