Milliy muzey, bu millat muzeyi, xalq muzeyi bo‘ladi (+video)
Prezident tashrifidan so‘ng...
Yurt taraqqiyoti milliy o‘zlik va madaniy merosga bo‘lgan ehtirom bilan yanada yuksaladi. Poytaxtimizda O‘zbekiston milliy muzeyi qad rostlaydi. Uning tashqi qiyofasi aylana, to‘rt burchak va uch burchak shaklida bo‘lib, Sharq va G‘arb madaniyatini o‘zida uyg‘unlashtiradi. Majmua 3 qavatli muzey, 2 qavatli yerto‘la hamda yordamchi binolardan iborat bo‘ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 avgust kuni O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishiga tamal toshi qo‘ydi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Milliy bog‘i yaqinidagi maydonga madaniyat va san’at namoyandalari, olimlar va adiblar, nuroniylar, jamoatchilik vakillari yig‘ildi.

Azamat ZIYO, Tarix instituti direktori, akademik:
– Avvalo, majmuaning Milliy muzey deb atalishi e’tiborimni tortdi. Milliy muzey, bu – millat muzeyi, xalq muzeyi. Prezidentimiz ushbu muzeyni xalqimizning mulki bo‘lib qoladi, deya ta’kidladi. Biz shu mulkni qancha qadrlasak, uning ahamiyatini anglasak, yuksalaveramiz. Inson bilimni qayerdan oladi – kitobdan, muzeydan. Demak, qadriyatlarimiz va o‘zligimizni jamlaguvchi muzey ana shunday bilimlar maskani bo‘ladi.
Quyida to‘liq video:
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/en2Cd1y5430" title="Milliy muzey, bu millat muzeyi, xalq muzeyi bo‘ladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA