Milliy kutubxona fondiga adabiyotlar hadya qilindi
Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona fondi yangi kitoblar bilan boyitildi. Bu qadam mamlakat ilmiy salohiyatini oshirishga qanday hissa qo‘shadi?
Sir emaski, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi talaba yoshlar va tadqiqodchilar uchun keng ilmiy maydon hisoblanadi. Shuning uchun ham uning fondini boyitish, yaratilayotgan yangi ilmiy ishlar nusxalarini ko‘paytirish muhim sanaladi.
Shu maqsadda, oliy ta’lim tashkilotlarida so‘nggi o‘n yil davomida nashr etilgan adabiyotlarni jamlash va ularni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondini boyitishga yo‘naltirish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, oliy ta’lim tashkilotlarida mavjud nashrlarning 400 dan ortiq nusxasi Milliy kutubxona fondiga hadya qilindi.
Mazkur ishlar doirasida 400 dan ortiq nashr nusxasi — monografiyalar, ilmiy to‘plamlar, dissertatsiyalar, o‘quv va badiiy adabiyotlar, ma’lumotnomalar, ilmiy-ommabop nashrlar, albomlar, jurnallar hamda boshqa adabiyotlar kutubxona fondiga topshirildi.
Qayd etish lozimki, ushbu manbaalar mamlakatimizning milliy kitob fondini boyitish, ilmiy, o‘quv va badiiy adabiyotlarning yagona axborot makonida jamlanishini ta’minlash hamda kitobxonlar uchun ulardan keng foydalanish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.
Sherbek Islomov, O‘zA