MIB: oila yarashdi, ko‘ngilda mehr uyg‘ondi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chimboy tumanlararo sudining 2026-yil 9-sentabr kungi sud buyrug‘iga asosan G.Sh.ning foydasiga uning tarbiyasidagi ikki nafar voyaga yetmagan farzandining ta’minoti uchun qarzdor R.S.ning har oydagi jami daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Ushbu sud buyrug‘i asosida Majburiy ijro byurosi Kegeyli tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atildi va bu haqda qarzdor yashaydigan hududdagi “Quyoshli” mahalla fuqarolar yig‘ini raisiga xabar berildi.
Bo‘limda davlat ijrochisi mahalla raisi bilan birgalikda ajrashgan oilani yarashtirish maqsadida qarzdor va undiruvchiga tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, taraflar joriy yilning 30-sentabr kuni Majburiy ijro byurosining Kegeyli tuman bo‘limiga kelib, hozirgi kunda birga yashayotganligini bildirgan va aliment undirish haqidagi sud qarori ijrosini tugatishni so‘rab iltimosnoma berilgan.
Natijada voyaga yetmagan ikki nafar farzand to‘laqonli oilaviy muhitda voyaga yetadigan bo‘ldi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri