Mezbon jamoa musobaqada g‘olib bo‘ldi
Termiz shahridagi «Alpomish» sport majmuasida sportning taekvondo (ITF) turi bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston taekvondo (ITF) milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan chempionatning ochilish marosimida mamlakatimizda sportni, xususan, taekvondo (ITF)ni ommalashtirish, mashg‘ulot va musobaqalarni zamonaviy talablar darajasida tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratish, xalqaro maydonlarda yuksak natijalar ko‘rsatishga qodir iste’dodli sportchilarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
Musobaqada 800 nafardan ziyod sportchi g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdi.
Umumjamoa hisobida mezbon jamoa birinchi, Toshkent viloyati sportchilari ikkinchi hamda Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari jamoalari uchinchi o‘rinni egalladi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA