Mezbon jamoa — g‘olib
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Namangan viloyati kengashi tasarrufidagi Uchqo‘rg‘on tuman o‘quv-sport texnika markaziga qarashli kartodromda karting bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining final bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqada respublikamizning turli hududlaridan 8 jamoa tarkibida 100 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi. Ular «Mikro», «Mini», «Supermini», «Ok-junior», «Patriot», «KF», «KZ» hamda «T-4 patriot o‘smirlar» sinflarida g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
[gallery-30809]
Murosasiz va qizg‘in kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, mezbon — Namangan viloyati jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Poytaxt sportchilari ikkinchi, Sirdaryo viloyati kartingchilari esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindorlarga «Vatanparvar» tashkilotining diplom hamda medallari tantanali ravishda topshirildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA