Mersdan YEIga keskin şart: Kiyevga pul bermasangiz, byudjetni ham unuting!
Germaniya Kansleri Fridrix Mers Ukrainaga 2027-yil ajratilişi rejalaştirilgan 45 milliard yevro yordamni Yevropa Ittifoqining navbatdagi yetti yillik byudjeti böyiça kelişuv bilan boğladi. Uning taʼkidlaşiça, Ukraina xavfsizligini qöllab-quvvatlaş uçun moliyaviy masʼuliyat barça aʼzo davlatlar örtasida teng taqsimlanişi lozim.
Ukrainaning keyingi yil byudjeti Rossiya hujumi oqibatida 70 milliard yevro taqçillikka yuz tutgan. YEI bu mablağning uçdan ikki qismi, yaʼni qariyb 45 milliard yevrosini qoplaş niyatida. GFR yetakçisi Yevropa kengaşi raisi Antoniu Koştaga yöllagan maktubida Kiyevga 2028-yildan keyin ham uzoq muddatli moliyaviy yordam körsatiş kafolatlanişi zarurligini bildirgan.
Binobarin, YEI aʼzolari bu masalada yakdil emas. Çexiya, Vengriya va Slovakiya Kiyevni umumiy qöllab-quvvatlaşda iştirok etmasligini bildirgan. Polşa va Slovakiya vakillari esa bu yordam YEI byudjeti bilan boğlanişi umumiy kelişuvga erişişni yanada qiyinlaştirişidan ogohlantirgan.
Musulmon Ziyo, ÖzA