Mintaqa olimlari tabiiy ofatlar xavfini kamaytiriş böyiça tajriba almaşdi
Qozoğiston Respublikasining Olmaota şahrida Muzliklar erişi va toğ köllarining yorilişi bilan boğliq xavflarni kamaytirişga qaratilgan GLOFCA mintaqaviy loyihasi doirasida IV mintaqaviy seminar bölib ötdi.
YUNESKO tomonidan Moslaşuv jamğarmasi kömagida taşkil etilgan uşbu tadbir mintaqa mamlakatlarining favqulodda vaziyatlar va ilmiy doiralar vakillarini bir davraga jamladi. Seminarda Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi masʼullari hamda mamlakatimizning yetakçi ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari faol iştirok etdi.
Iqlim özgarişi global miqyosda kuzatilayotgan eng jiddiy muammolardan biri bölib, Markaziy Osiyo mintaqasi, xususan, uning toğli tizimlari uşbu jarayonning salbiy oqibatlarini birinçilardan bölib his qilmoqda. Ekologik muvozanatning buzilişi natijasida toğlardagi asriy muzliklarning jadal erişi kuzatilmoqda va bu öz navbatida, muzlik köllarining soni hamda hajmi ortişiga olib kelmoqda. Bunday suv havzalarining tölib toşişi yoki tösiqlarining yorilişi esa quyi oqimda joylaşgan aholi punktlari, infratuzilma obʼektlari va transçegaraviy daryo havzalari uçun jiddiy sel va suv toşqini xavfini tuğdiradi.
Seminar davomida Markaziy Osiyo mamlakatlarida muzlik köllarining yorib çiqişi bilan boğliq xavf-xatarlarni kamaytiriş, erta ogohlantiriş tizimlarini takomillaştiriş, loyiha doirasida erişilgan natijalar va ilğor tajribalar muhokama qilindi.
Mazkur anjuman nafaqat sohadagi mavjud muammolarni muhokama qiliş, balki zamonaviy erta ogohlantiriş tizimlarini joriy etiş, toğli hududlar monitoringini kuçaytiriş va transçegaraviy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişda özaro tajriba almaşiş uçun strategik maydon vazifasini ötadi.Tadbir yakunida milliy va mintaqaviy darajadagi xulosalar hamda kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan strategik tavsiyalar işlab çiqildi.
Qayd etilganidek, mazkur seminar natijalari Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqlim özgarişi, muzliklar erişi va muzlik köllarining yorib çiqişi bilan boğliq favqulodda vaziyatlar xavfiga nisbatan barqarorligini oşiriş, şuningdek, aholini erta ogohlantiriş tizimlarini rivojlantirişga xizmat qiladi.
Gulnoza Boboyeva, ÖzA