Merganlar Farg‘onada jam bo‘ldi
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona shahrida kamondan otish bo‘yicha kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi boshlandi.
Musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 300 nafardan ziyod mahoratli sportchi g‘oliblik va sovrinli o‘rinlar uchun bahs olib borayotir.
[gallery-31488]
Marg‘ilon shahridagi “Atlaschi” o‘yingohida tashkil etilgan bellashuvlarda ishtirokchilar aniqlik, mahorat va tajribalarini namoyon etmoqda.
Merganlik bahslari 19-sentabrga qadar davom etadi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA