O‘zbekiston boks terma jamoalari Osiyo o‘yinlariga shay: tarkiblar e’lon qilindi
Yaponiyada o‘tadigan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston boks terma jamoasi 11 nafar sportchi bilan medallar uchun kurash olib boradi. Delegatsiya tarkibidan 6 nafar erkak va 5 nafar ayol bokschi joy oldi.
Erkaklar terma jamoasiga To‘lqin Qilichev boshchilik qiladi. Jamoa Osiyo o‘yinlari oldidan 2–16-sentabr kunlari Yaponiyaning Nisio shahrida tashkil etilgan xalqaro qo‘shma yig‘inda tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini o‘tkazdi.
Erkaklar terma jamoasi:
55 kg — Samandar Olimov
60 kg — Abdumalik Xalokov
70 kg — Shavkatjon Boltayev
80 kg — Fazliddin Erkinboyev
90 kg — To‘rabek Xabibullayev
+90 kg — Jahongir Zokirov
Bosh murabbiy — To‘lqin Qilichev. Murabbiylar shtabidan Xuan Enrike Steyners, Rahmatjon Ro‘ziohunov, Akmal Hasanov, Davron G‘afurov, Nodir G‘ulomov, Alimardon Dostonov va Sherzodbek Ahmadjonov o‘rin olgan.
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa Elshod Rasulov boshchiligida musobaqada qatnashadi.
Ayollar terma jamoasi:
-51 kg — Feruza Kazakova
-54 kg — Nigina O‘ktamova
-60 kg — Sitora Turdibekova
-65 kg — Navbahor Hamidova
-75 kg — Aziza Zokirova
Ayollar jamoasi murabbiylar shtabida Barbaro Fernandez Ximenez, Islom Tadjiboyev va Azim Xudayqulov faoliyat olib boradi.
Delegatsiya rahbari vazifasini Mirshohid Tillaboyev bajaradi. Komiljon Rasulov shifokor, Xesus Alberto esa fizioterapevt sifatida terma jamoa bilan birga bo‘ladi.
O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport