Mehnat qadr topgan qutlug‘ ayyom
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizda Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan barcha davlat va jamoat tashkilotlari, korxona hamda muassasalarda bayramona tadbirlar, uchrashuvlar va taqdirlash marosimlari o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zAda ham tantanali tadbir tashkil etildi. Unda agentlik jamoasi va ko‘p yillar davomida samarali mehnat qilib kelayotgan xodimlar ishtirok etdi.
[gallery-31091]
Tadbirda O‘zA Bosh direktori A. Ko‘chimov so‘zga chiqib, jamoani Mustaqillik bayrami bilan samimiy tabrikladi. U mamlakatimiz taraqqiyoti, yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonlarini tezkor va xolis yoritishda agentlik ijodkorlari hamda texnik xodimlarining munosib hissasi borligini ta’kidladi. Shuningdek, axborot sohasida fidokorona mehnat qilayotgan xodimlarga minnatdorlik bildirdi.
Marosim so‘ngida bir guruh O‘zA xodimlariga «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi. Taqdirlanganlar bu yuksak e’tirofni kelgusidagi faoliyatlari uchun yanada katta mas’uliyat va ishonch sifatida qabul qilishlarini ta’kidladilar.
Nosirjon HAYDAROV(surat),O‘zA