Mehnat migratsiyasida yangi yondaşuv – bilim, malaka va munosib iş (+video)
Xorijda işlaş istagidagi inson uçun munosib iş topiş bilan birga, öşa mamlakatning mehnat bozori talablariga tayyor böliş ham muhim. Buning uçun kasb-hunarni egallaş, çet tilini biliş, zarur könikma va tajribaga ega böliş talab etiladi. Albatta, bu yölda fuqaroga kömak beriş, uni iş beruvçilar ehtiyojidan kelib çiqib tayyorlaş, kasbiy malakasini oşiriş va munosib iş örniga yönaltiriş muhim.
Bunday tayyorgarlik insonning xorijda öz kasbi böyiça işlaşi, yangi muhitga tezroq moslaşişi va mehnat faoliyatini işonç bilan boşlaşiga yordam beradi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan taşkil etilgan markazda uşbu jarayonlar özaro uzviy boğliq holda taşkil etilgan. Bu yerda xorijda işlaş istagidagi fuqarolar kasb-hunar va xorijiy tillarga öqitiladi, iş beruvçilarning talablariga muvofiq kasbiy tayyorgarlikdan ötkaziladi, malakasi baholanadi va munosib iş örinlariga yönaltiriladi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev joriy yilning 2-noyabr kuni Toşkent şahrining Uçtepa tumanidagi “Intil” xalqaro til va kasbga öqitiş markazi faoliyati bilan tanişdi. Taşrif davomida markazda yaratilgan şaroitlar, xorijiy mehnat bozori talablariga moslaştirilgan taʼlim dasturlari, kasbiy tayyorgarlik yönalişlari hamda xorijiy hamkorlar bilan amalga oşirilayotgan loyihalar haqida maʼlumot berildi.
Davlatimiz rahbari şu yerda mehnat migratsiyasi hamda xorijda işlaş istagidagi aholini til va kasblarga maqsadli öqitiş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazdi.
– Davlatimiz rahbari öz nutqlarida yoşlarning til örganiş va kasb-hunar egallaşga intilişi zarurligini doimo taʼkidlab keladilar. Markazga “Intil” nomining berilişi ham ayni şu ğoyadan kelib çiqqan, — dedi Kasbiy taʼlim agentligi direktori Azimjon Xusanov.
Agentlik direktorining taʼkidlaşiça, markazning boşqa kasbga tayyorlaş muassasalaridan asosiy farqi – taʼlim jarayoni muayyan mamlakatdagi iş beruvçilarning aniq talablariga moslaştirilganidir. Masalan, elektr uskunalari bilan işlaşda ham davlatlar örtasida texnik farqlar mavjud. Germaniyada qöllaniladigan elektr tizimi Yaponiyadagidan farq qiladi. Şu bois markazda öquv dasturlari, qöllanmalar, maşğulotlar va test jarayonlari bevosita iş beruvçilar iştirokida taşkil etiladi. Bu esa fuqarolarning aynan boradigan mamlakati va iş joyi talablariga mos tayyorgarlik körişiga imkon beradi.
“Intil” markazining faoliyati, xorijiy iş beruvçilar bilan hamkorlik va fuqarolarni kasbga tayyorlaş jarayoni haqida batafsil quyidagi videolavhada:
Marhabo HOJIAKBAROVA,
Anvarxöja AHMEDOV (video),
ÖzA