Xalqaro kimyo olimpiadasi iştirokçilarining taşrifi davom etmoqda
Joriy yilning 3-10-noyabr kunlarida Qoraqalpoğiston Respublikasining Nukus şahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi III xalqaro kimyo olimpiadasi bölib ötadi.
Mazkur olimpiadada dunyoning 32 ta mamlakatidan maktab öquvçilarining kimyo faniga oid nazariy bilimlari va amaliy könikmalari sinovdan ötkaziladi.

Nukus xalqaro aeroportida kimyo olimpiadasida iştirok etiş uçun taşrif buyurgan Turkiya, Iordaniya, Ozarbayjon, Saudiya Arabistoni, Isroil, Malayziya, Rossiya, Möğuliston, Qozoğiston delegatsiyalari va mamlakatimiz terma jamoasi tantanali ravişda kutib olindi.

Unda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi qömitasi raisi Murat Atamuratov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisining örinbosari Bayram Ötemuratov, Fan olimpiadalari markazi direktori Töraboy Şermatov iştirok etdi.

Tadbirda mehmonlarga samimiy tilaklar bildirilib, barça iştirokçilarga olimpiadada omad va muvaffaqiyatlar tilandi.
Ayni paytda xalqaro olimpiada iştirokçilarini kutib oliş jarayonlari davom etmoqda.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri