Mehnat faxriylariga ehtirom – xalq qadriyatlarining yuksak ifodasi
Yurtimizda keksa avlod vakillariga hurmat ko‘rsatish, ularning hayot yo‘li va fidokorona mehnatini qadrlash ezgu an’anaga aylangan.
Shu munosabat bilan “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyati bo‘limi hamda Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili – Ombudsmanning Qashqadaryo viloyatidagi vakili hamkorligida mehnat faxriylari holidan xabar olindi.

Tashrif davomida faxriylarning ko‘p yillik samarali va fidokorona mehnati, mamlakatimiz taraqqiyoti hamda jamiyat ravnaqiga qo‘shgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi. Suhbatlar jarayonida ularning salomatligi, turmush sharoiti va ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi.
Keksalar bilan samimiy muloqot qilish, ularning duosini olish, hayot tajribasidan bahramand bo‘lish har qanday inson uchun katta ma’naviy maktabdir. Zero, bugungi tinch va osoyishta hayot, mamlakat taraqqiyoti zamirida ana shunday mehnatkash insonlarning yillar davomidagi mashaqqatli mehnati mujassam.

Bayram munosabati bilan mehnat faxriylariga ezgu tilaklar bildirilib, sovg‘a-salomlar topshirildi. Faxriylar ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik izhor etib, yurt tinchligi va xalq farovonligi yo‘lida duolar qildi.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri