Mbappeni hamon jarohat bezovta qilmoqda
Hujumchini hamon chorak final doirasidagi Marokashga qarshi o'yinda (2:0) shikastlab olgan to'pig'i bezovta qilmoqda.
Jahon chempionati — 2026 yarim final uchrashuvida Fransiya terma jamoasi Ispaniya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
RMC Sport nashri jurnalistlariga ma'lum bo'lishicha, "uch ranglilar"ning bosh yulduzi Kilian Mbappe bo'lajak to'qnashuvgacha to'liq tiklanishga ulgurmagan. Hujumchini hamon chorak final doirasidagi Marokashga qarshi o'yinda (2:0) shikastlab olgan to'pig'i bezovta qilmoqda.
Shunga qaramay, Kilianning Fransiya terma jamoasi asosiy tarkibida maydonga tushishi kutilmoqda. U 8 ta gol bilan jamoasining mundialdagi eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.
Fransiya – Ispaniya uchrashuvi bugun, 14-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.