“MB Shaxmat yulduzlari” turniri bolajonlarga zavq bag‘ishladi
Shu kunlarda poytaxtimizda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi bilan hamkorlikda “MB Shaxmat yulduzlari” bolalar shaxmat turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Bolalar shaxmatini rivojlantirish, yosh avlod o‘rtasida intellektual sportni ommalashtirish hamda iqtidorli shaxmatchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilayotgan musobaqada 64 nafar yosh shaxmatchi ishtirok etmoqda.

Turnir rapid yo‘nalishida o‘tkazilmoqda. Har bir partiyaga 10 daqiqalik vaqt nazorati bilan taqdim etilgan.

Bellashuvlar O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hakamlar hay’ati tomonidan xalqaro qoidalarga muvofiq boshqarilayotgani tufayli yosh shaxmatchilarga nufuzli turnirlarda qatnashayotgandek ruhiyat bag‘ishlamoqda.
T.Ro‘ziyev, O‘zA