Maydonda MIB xodimlari
Namanganda Istiqlolning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi asosida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi tizimi xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
Davlatobod tumanidagi sport majmualarida tashkillangan musobaqada ishtirokchilar suzish, yugurish va stol tennisi turlari bo‘yicha bellashdi. Har bir qatnashchi o‘zining chaqqonligi, chidamliligi va mahoratini ishga solib, g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Musobaqaning suzish bahslarida Bahromjon Qo‘ziyevga teng keladigan raqib topilmadi. Stol tennisi o‘yinlarida Furqat Jabborov zafar nashidasini surdi. Yugurishda marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan Qobil Muhiddinov shohsupaga ko‘tarildi.


Xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish va jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan musobaqalar yakunida, g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.