Marokash terma jamoasi aʼzosi AQSHda «Bavariya» uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi
Qayd etilishicha, 25 yoshli futbolchi myunxenliklar bilan shaxsiy shartnoma shartlarini ogʻzaki ravishda kelishib olgan va jamoa bosh murabbiyi Vensan Kompani bilan ham suhbatlashishga ulgurgan.
PSV klubi va Marokash milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Ismael Saybari Myunxenning «Bavariya» klubiga oʻtishga yaqin turibdi.
Qayd etilishicha, 25 yoshli futbolchi myunxenliklar bilan shaxsiy shartnoma shartlarini ogʻzaki ravishda kelishib olgan va jamoa bosh murabbiyi Vensan Kompani bilan ham suhbatlashishga ulgurgan.
Foot Mercato nashrining xabar berishicha, tomonlar yakuniy kelishuvga erishishga juda yaqin turibdi. Saybari Germaniya grandi bilan 2030-yilga qadar moʻljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolashi kutilmoqda. Futbolchining tibbiy koʻrigi Marokash terma jamoasi bilan birgalikda Jahon chempionatida ishtirok etish uchun boradigan AQSH hududida tashkil etilishi mumkin.
Maʼlumot uchun, Ismael Saybari yakunlangan mavsumda Niderlandiya chempionatida (Erediviziya) 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.