Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi: Yangi O‘zbekistondagi islohotlar va mintaqaviy integratsiya
28-oktabr kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya, Polsha, Ozarbayjon, Pokiston, Gruziya va Chexiya kabi hamkor davlatlar vazirlari, rasmiy delegatsiyalar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar va akademik hamjamiyat vakillari ishtirok etmoqda.
Forumning ochilish marosimida so‘zga chiqqan ma’ruzachilar global sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar mehnat bozorini tubdan o‘zgartirayotgan hozirgi sharoitda ta’lim davlatning strategik raqobatbardoshligini belgilovchi asosiy omilga aylanayotganini ta’kidladilar. Mintaqa aholisining yarmidan ko‘pini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etishi Markaziy Osiyo uchun ulkan demografik va intellektual imkoniyat ekani alohida qayd etildi.
Ziyovuddin Nuriddinov, Nishonboy
Abduvoitov, Asliddin Alimov. O‘zA