Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari “Boku” mehmonxonasining ochilish marosimida ishtirok etdilar
Norasmiy Maslahat uchrashuvi doirasida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari Issiqko‘l sohilida yangi besh yulduzli “Boku” mehmonxonasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdilar.
Yetakchilar zamonaviy mehmonxona majmuasida tashrif buyuruvchilar dam olishi va xalqaro tadbirlarni o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.






Mehmonxona 17,2 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, umumiy maydoni qariyb 30 ming kvadrat metr bo‘lgan 120 dan ortiq xonali yetti qavatli binoni, basseyn, akvapark, sport va ko‘ngilochar infratuzilmani o‘z ichiga oladi.