Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyoti va unda O‘zbekistonning ulushi (+video)
Ko‘rib chiqilayotgan davrda Markaziy Osiyoning beshta mamlakati jami YAIM dollar hisobida nominal jihatdan qariyb ikki baravarga oshib, 2020-yildagi 285 mlrd dollardan 2025-yilda 543 mlrd dollarga yetdi.
Mintaqaning eng yirik iqtisodiyoti Qozog‘iston bo‘lib qolmoqda. Mamlakat YAIM 5 yilda 171 mlrd dollardan 306 mlrd dollarga oshdi.O‘zbekiston mintaqada Qozog‘istondan keyingi 2-iqtisodiyot bo‘lib qolmoqda.
Mamlakatimizda 2025-yildagi YAIM miqdori 147 mlrd dollarni tashkil etdi.So‘nggi besh yillikda mintaqa iqtisodiyotidagi ulushlar o‘zgarishi:
• Qozog‘iston ulushi 60%dan 56%ga kamaydi
• O‘zbekiston ulushi 24,6%dan 27,1%ga oshdi
• Qirg‘izistonniki 2,9%dan 4,2%ga oshdi
• Tojikistonniki 2,9%dan 3,3%ga oshdi
• Turkmanistonniki 9,6%dan 9,2%ga kamaydi.
Markaziy Osiyo iqtisodiyotining asosiy qismi ikki davlat hissasiga to‘g‘ri keladi. 2025-yilda Qozog‘iston va O‘zbekiston birgalikda mintaqa YAIMining 83 foizini shakllantirdi.
M.Turdaliyeva, I. Ismatov,O‘zA