Markaziy Osiyo: Bola huquqi himoyasi böyiça hamkorlik mustahkamlanadi
Astana şahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari bola huquqlari böyiça vakillarining "Bolalar ovozi: milliy strategiyalar va xavfsiz raqamli muhit" II xalqaro forumi bölib ötdi.
“Kabar” axborot agentligi xabar berişiça, anjumanda Qozoğiston, Qirğiziston, Özbekiston, Tojikiston, Finlyandiya davlatlari hamda Yaponiyaning Kavasaki şahri bola huquqi böyiça vakolatli vakillari, Turkmaniston va Xitoydan davlat idoralari mutaxassislari, Qozoğiston Boş vaziri örinbosari, Parlament deputatlari, şuningdek xalqaro taşkilotlar vakillari, BMT Boş kotibi bolalarga nisbatan zöravonlik masalasi böyiça maxsus vakili Najot Maʼla Majid iştirok etdi.
Yalpi majlisda iştirokçi mamlakatlarda bola huquqini taʼminlaş böyiça milliy strategiyalar taqdim etildi. Şundan söng forum "Inklyuziv muhitni rivojlantiriş va barça bolalar uçun teng imkoniyatni taʼminlaş" va "Raqamli muhitda bolalarni himoya qiliş va psixologik farovonlik" mavzularida şöʼba yiğilişi şaklida davom etdi.
Eslatib ötamiz, 2027-yil Markaziy Osiyo davlatlari bola huquqi böyiça vakolatli vakillari III xalqaro forumi Qirğizistonda ötkaziladi.
A.Mamatov, ÖzA