GFR şaharlarida tartibsizlik
Germaniyaning bir neça yirik şahrida yoşlar iştirokida ötkazilgan namoyiş ommaviy tartibsizlik bilan yakunlandi. Turmuş qiymati oşişi va boşqa ijtimoiy muammolarga qarşi boşlangan tinç aksiya keçga borib Frankfurt, Berlin, Gamburg va Kyoln şaharlarida töqnaşuvga aylandi. Ayrim iştirokçilar dökonlar oynasini sindirib, savdo nuqtalarini talon-taroj qildi, köçalarda yonğinli tösiqlar örnatdi.
Politsiya tartibni tiklaş uçun suv purkagiç maşina va maxsus bölinmalarni işga soldi. Berlinda qariyb 3 500 kişi qatnaşgan namoyişda 27 nafar politsiya xodimi yengil tan jarohati oldi, 60 ga yaqin odam qölga olindi. Gamburgda esa 120 ga yaqin iştirokçi vaqtinça uşlangan.
Germaniya içki işlar vaziri Aleksandr Dobrindt tartibsizlikda ayrim söl guruhlar va qoidabuzarlarni ayblab, ularga nisbatan qatʼiy jazo çorasi qöllaşga çaqirdi. Qözğolon taşkilotçilari esa zöravonlik harakatiga aloqador emasligini bildirgan. Ayni payt vaziyat nisbatan barqarorlaşgan bölsa-da, ayrim şaharlar jiddiy moddiy zarar körgani qayd etilgan.
Musulmon Ziyo, ÖzA