Maqsad – sportning og‘ir atletika turini rivojlantirish
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida Og‘ir atletika sport turini yanada rivojlantirish va sportchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash maqsadida yangi sport inventarlari yetib keldi.
Zamonaviy sport anjomlari og‘ir atletika bilan shug‘ullanayotgan sportchilarning mashg‘ulot jarayonini yanada takomillashtirishga, ularning sport mahoratini oshirishiga xizmat qiladi. Bu ishlar yosh va istiqbolli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash, olimpiya zaxirasini mustahkamlash va xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishish uchun ulkan imkoniyatlar beradi.
Og‘ir atletika sport turiga yangi inventarlarning topshirilishi mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bayram tuhfasi bo‘ldi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri