Maqsad – So‘xning elektrga ehtiyojini o‘zida qoplash
So‘x tumanida 15 megavatt quvvatga ega yirik GES barpo etilmoqda. Qiymati 41 million dollar bo‘lgan mazkur loyiha ishga tushirilgach, tumanda elektr quvvatiga bo‘lgan ehtiyojning qariyb 70 foizi qoplanadi.
Ayni paytda GES kanali ichki va yon qismlarini tekislash hamda mustahkamlash ishlari bajarilmoqda. Hududda betonlash ishlari jadal davom ettirilyapti.

Qurilish jarayonlariga 80 ta turli rusumdagi maxsus texnika jalb etilgan. Shuningdek, hududdagi ishsiz fuqarolar, jumladan, mehnat migratsiyasidan qaytgan yoshlarni ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.


– Maqsadimiz –So‘x aholisi va tadbirkorlarining elektr quvvatiga ehtiyojini shu yerning o‘zida ishlab chiqarilgan quvvatlar bilan qoplash, – deydi tuman hokimi Saidbahrom Saidmusayev. – Buning uchun GESdan tashqari muqobil energiya – quyosh va shamoldan olinadigan quvvatlar ulushini ham ko‘paytiramiz.
Muhammadjon Obidov,
O‘zA