“Manchester Siti” Gakpo uchun 99 million yevro taklif qilmoqchi
Fabritsio Romanoning xabar berishicha, “shaharliklar” futbolchining vakillari bilan kelishuvga erishgan.
“Manchester Siti” “Liverpul” yarim himoyachisi Kodi Gakpo transferini amalga oshirish uchun jiddiy harakat boshladi.
Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, “shaharliklar” futbolchining vakillari bilan kelishuvga erishgan va endi Gakpo uchun 85 million funt (99 million yevro) taklif qilishga tayyor.
Hozirda transferning amalga oshishi “Liverpul” qaroriga bog‘liq. Mersisaydliklar Gakpoga munosib o‘rinbosar topganidan keyingina uning sotilishiga rozilik berishi kutilmoqda.
Avvalroq “Liverpul” niderlandiyalik futbolchining o‘rniga “Brayton” vakili Yankuba Minte va “Kristal Pelas” futbolchisi Ismaila Sarr variantlarini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgandi.
27 yoshli Gakpo 2023-yil yanvaridan buyon “Liverpul” sharafini himoya qilmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt Gakponing bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.