Bellingem: “Men uchun eng yaxshi pozitsiya — o‘ninchi raqam”
23 yoshli angliyalik futbolchi joriy mavsum La Ligada 2 ta uchrashuvda 1 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etdi.
“Real Madrid” yarim himoyachisi Jud Bellingem maydonda yana o‘zining sevimli “o‘nlik” pozitsiyasida harakat qilayotganidan mamnun ekanini aytdi.
“Men yana maydondagi erkinlikdan zavqlanyapman. O‘ylashimcha, bu men uchun eng yaxshi pozitsiya, chunki u eng kuchli jihatlarimni namoyish etish imkonini beradi. Murabbiy menga bu rolni ishonib topshirgani uchun undan juda minnatdorman”, — dedi Bellingem.
23 yoshli angliyalik futbolchi joriy mavsum La Ligada 2 ta uchrashuvda 1 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etdi.
Bugun, 30-avgust kuni “Real Madrid” La Liganing 3-turida o‘z maydonida “Malaga”ni qabul qiladi.