Mamlakatimizning 208 ta maktablarida "Muxlislar maydoni" lohiyasi tashkil etiladi
O'zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatidagi uchrashuvlarini maktablarga o'rnatilgan katta monitorlar orqali tomosha qilish imkoniyati yaratiladi.
Xabaringiz bor joriy yilning iyun-iyul oylarida oʻtkaziladigan futbol boʻyicha jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiladigan futbolchilarimizni qoʻllab-quvvatlash maqsadida joylardagi umumtaʼlim maktablarida “Muxlislar maydoni” loyihasi tashkil etilmoqda.
Mamlakatimizning 208 ta tuman (shahar)da belgilangan mazkur maktablar roʻyxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.
Futbol tomoshalari uchun barcha qulayliklarga ega boʻlgan mazkur maktablarda barcha oʻquvchilar, ota-onalar va boshqa yurtdoshlarimiz katta ekranlar orqali jahon chempionatidagi futbolchilarimiz oʻyinlarini jonli efirda tomosha qilishlari mumkin.
Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi guruh bosqich oʻyinlari jadvali (Toshkent shahri vaqti bilan)
Oʻzbekiston — Kolumbiya (18-iyun, soat 7:00);
Oʻzbekiston — Portugaliya (23-iyun, soat 22:00);
Oʻzbekiston — Kongo DR(28-iyun, soat 4:30).