Mamlakatimiz yetakchisi O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovni yodga oldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari hosil yig‘ishtirish ishlari qizg‘in kechayotgan kunlarda qashqadaryoliklar bilan uchrashib turganidan mamnunligini bildirdi.
Mamlakatimiz yetakchisi yig‘ilish ishtirokchilarini O‘zbek tili bayrami bilan tabriklab, Qashqadaryo farzandi, O‘zbekiston Qahramoni va davlat madhiyamiz muallifi Abdulla Oripovni yodga oldi.
Bir necha yil avval eng murakkab vaziyatdagi hududlardan biri bo‘lgan Qashqadaryoni yil yakuniga qadar kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish maqsad qilingan. Davlatimiz rahbari bu natijaga erishish uchun aniq hisob-kitoblar mavjudligini qayd etdi.
– Kecha viloyatning shahar va tumanlarida, mahallalarida bo‘lgan o‘zgarishlarni ko‘rib, tadbirkor, investor, yoshlarning ko‘zlaridagi shijoatni ko‘rib, juda katta kuch oldim, – dedi Prezidentimiz.
O‘zA