Maktabning zamonaviy sport zali
Qarshi shahridagi 41-ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining yangi sport zali foydalanishga topshirildi.
Qarshi shahridagi 41-ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining yangi sport zali foydalanishga topshirildi.Sport zali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-dekabrdagi “2015-2020-yillarda umumta’lim maktablarini zamonaviy sport zallari bilan ta’minlash chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan barpo etildi. Zamonaviy tarzda jihozlangan maskanda basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi, gimnastika, mini futbol, stol tennisi, kurash kabi sport turlari bo‘yicha to‘garak mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yildi.