Maktab hududida 100 yoshli daraxt
Samarqand viloyati ekologiya va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda ekopolitsiya tomonidan hududlardagi noyob daraxtlar ro‘yxatga olinib, ularni asrash choralari ko‘rilmoqda.
Xususan, ekopolitsiyaning Pastdarg‘om tumani bo‘limi xodimlari tomonidan tumanning olis va chekka hududlarida 100 yoshdan oshgan daraxtlarni aniqlash va xatlovdan o‘tkazish davomida O‘rta Charxin mahallasidagi 46-maktab hovlisida 136 yillik chinor daraxti ro‘yxatga olindi. Daraxtning balandligi 40 metr, tanasining aylanasi 6,30 santimetrni tashkil etadi. Daraxt davlat muhofazasiga olinib, tuman hokimi qaroriga binoan «Davlat tabiat yodgorligi» maqomi beriladigan bo‘ldi.
G‘. Hasanov, O‘zA