Makron: Tramp Ukraina bo‘yicha qarashini o‘zgartirdi
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ma’lum qilishicha, Donald Tramp endi Ukraina Rossiyaga mag‘lub bo‘lishi muqarrar, degan qarashdan voz kechgan.
Qayd etilishicha, Makron G7-2026 yakuni bo‘yicha “France TV” telekanaliga bergan intervyusida Amerika yetakchisi 2025-yil boshida Oq uyga qaytgach, dastlab “Ukraina uzoq qarshilik ko‘rsata olmaydi, deb hisoblashi”ni aytgan.
Fransiya rahbari so‘zlariga ko‘ra, keyingi oylarda vaziyat sezilarli darajada o‘zgargan. Xususan, Tramp ukrainaliklar kutilganidek taslim bo‘lmagani, qish mavsumini ham bardosh bilan o‘tkazganini ko‘rdi. Bu holat AQSH Prezidentining qarashlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan.
D.Hakimov, O‘zA