Mahmadoliyev Salohiddin Bahodir o‘g‘lining kimyo fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Seriy va toriy ionlarini elektro kimyoviy aniqlash uslublarini ishlab chiqish” mavzusida
Mahmadoliyev Salohiddin Bahodir o‘g‘lining 02.00.02-“Analitik kimyo” ixtisosligi bo‘yicha “Seriy va toriy ionlarini elektro kimyoviy aniqlash uslublarini ishlab chiqish” mavzusidagi kimyo fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K.01.03 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 23 dekabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi
4- uy. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Tel.: (99871) 227-12-24
e-mail: ilmiy_kengash@nuu.uz