Madaniyat sohasidagi işlar örganildi
Milliy madaniyatni asrab-avaylaş, sanʼat va ijod ahlini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, aholiga sifatli madaniy xizmat körsatişni yangi bosqiçga olib çiqiş mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning muhim yönalişlaridan biridir. Zero, madaniyat va sanʼat nafaqat xalqning maʼnaviy qiyofasini namoyon etadi, balki milliy özlikni anglaş, yoş avlodni yuksak qadriyatlar ruhida tarbiyalaşda ham beqiyos ahamiyat kasb etadi.
Şu maqsadda Özbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Buxoro viloyatida bölib, hududda madaniyat sohasida amalga oşirilayotgan işlar, erişilayotgan natijalar va istiqboldagi rejalar bilan yaqindan tanişdi.
Taşrif davomida madaniyat muassasalarining bugungi faoliyati, sanʼat va madaniyatni rivojlantiriş borasida olib borilayotgan islohotlar, ijodiy jamoalar uçun yaratilgan şart-şaroitlar hamda yangi taşabbuslarning amaliy natijalariga eʼtibor qaratildi.
Muloqotlarda soha oldida turgan ustuvor vazifalar, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş, milliy madaniy merosimizni asrab-avaylaş, uning boy namunalarini mamlakatimizda va xalqaro miqyosda keng tarğib etiş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Ayniqsa, madaniyat muassasalari faoliyatini mazmunan boyitiş, ijodiy jamoalarning salohiyatini töliq namoyon etişi uçun zarur imkoniyatlarni kengaytiriş, aholining madaniy hayotdagi iştirokini oşiriş muhim vazifalar sifatida qayd etildi.
Vazir tomonidan sohada amalga oşirilayotgan işlar samaradorligini yanada oşiriş, ijodkorlarni rağbatlantiriş va qöllab-quvvatlaş, madaniyat muassasalari faoliyatini takomillaştiriş hamda aholiga körsatilayotgan madaniy xizmatlar sifatini yaxşilaş yuzasidan masʼullarga tegişli tavsiya va topşiriqlar berildi.

Darhaqiqat, davlatimiz rahbari tomonidan madaniyat va sanʼatni rivojlantiriş, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylaş, ijod ahli uçun munosib şaroitlar yaratişga qaratilayotgan alohida eʼtibor bugun sohada yangi imkoniyatlar eşigini oçmoqda. Bu esa madaniyat muassasalari zimmasiga nafaqat mavjud anʼanalarni davom ettiriş, balki zamon talablariga mos yangi ijodiy yondaşuvlarni joriy etiş masʼuliyatini ham yuklamoqda.
Buxoro kabi boy tarixiy-madaniy merosga ega hududda bu vazifalarning ahamiyati yanada ortib boradi. Zero, Buxoroning noyob madaniy muhiti, asrlar davomida şakllangan sanʼat anʼanalari va ijodiy salohiyatini zamonaviy imkoniyatlar bilan uyğunlaştiriş milliy madaniyatimizning nufuzini yanada yuksaltirişga xizmat qiladi.
Eng muhimi, madaniyat sohasidagi har bir islohot va taşabbusning yakuniy natijasi aholi hayotida, insonlarning maʼnaviy ehtiyoji qondirilişida, yoşlarning sanʼatga qiziqişi va ijodiy salohiyati röyobga çiqişida namoyon bölişi lozim.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri