Lyupcho Doriyev — Superligada avgust oyining eng yaxshi futbolchisi
Shimoliy makedoniyalik futbolchi o‘tgan oy davomida 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
«So‘g‘diyona» hujumchisi Lyupcho Doriyev O‘zbekiston Superligasida avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Shimoliy makedoniyalik futbolchi o‘tgan oy davomida 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Ayniqsa, «Mash’al»ga qarshi bahsda qayd etgan het-trigi Doriyevning eng yorqin chiqishlaridan biri bo‘ldi.
Uning sermahsul harakatlari «So‘g‘diyona»ning avgust oyidagi natijalariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Doriyev shu tariqa Superliganing oylik sovriniga ega chiqdi.
Mukofot uchun kurashda «Navbahor» hujumchisi Husayn Norchayev, «Lokomotiv» yarimhimoyachisi Suhrob Nurulloyev, «Buxoro» vakili Vladimir Rodich va «Neftchi» futbolchisi Vladimir Yovovich ham bor edi.
Norchayev 5 ta o‘yinda 6 ta gol urgan bo‘lsa, Nurulloyev 2 ta gol va 2 ta assist qayd etdi. Rodichning hisobida 3 ta gol va 1 ta golli uzatma, Yovovichda esa 5 ta assist bor.