Luka Modrich jahon chempionatidan so‘ng futbolchilik faoliyatini yakunlaydi
Oltin to‘p sohibi faoliyati davomida "Tottenxem", "Real Madrid", Dinamo Zagreb","Inter Zapreshich" va " HSK Zrinski Mostar" kabi klublarda to‘p tepgan.
Italiyaning "Milan" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich mundialdan so‘ng butsilarini mixga ilishga qaror qildi.
Taniqli jurnalist va insayder Nikola Skira bergan xabarlarga ko‘ra, 40 yoshli futbolchi jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng professional futboldagi kariyerasini yakunlashini ma’lum qilgan. Sentabr oyida Modrich 41 yoshga to‘ladi. Avvalroq Luka "Milan" bilan shartnomasini uzaytirmasligini va boshqa jamoaga ko‘chib o‘tishi haqida xabar qilgandi. Yaqin kunlarda u terma jamoasi bilan o‘zining so‘nggi jahon chempionatiga yo‘l oladi.
Modrich 2025-yilning yozida erkin agent sifatida "Real Madrid"dan "Milan"ga ko‘chib o‘tgan edi. Yakunlangan mavsumda xavbek 37ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol va 3ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Uning "rossonerilar" bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida yakuniga yetadi. Transfermarkt portali Modrichni 4 million yevroga baholagan.
Eslatib o‘tamiz, Oltin to‘p sohibi faoliyati davomida "Tottenxem", "Real Madrid", Dinamo Zagreb","Inter Zapreshich" va " HSK Zrinski Mostar" kabi klublarda to‘p tepgan.