Lionel Skaloni: Maqsadimiz Messini jahon chempionatiga yaxshi holatda olib kelish
Tabiiyki, barchamiz Messining jahon chempionati oldidan hech qanday muammoga duch kelmasligini istaymiz, lekin bo‘lar ish bo‘ldi.
Argentina terma jamoasi bosh murabbiy Lionel Skaloni Messining hozirgi holati haqidagi savollarga javob berdi.
"Biz mashg‘ulotlar markazida o‘yinni tomosha qildik va Messi almashtirishni so‘raganini ko‘rdik. Taxminlarimiz u qadar yomon emas edi va uning hech qanday jarohat olmaganidan umid qilgandik. Endi esa kutamiz. U o‘zini qanday his qilishini va so‘nggi tekshiruvdan qanday natija chiqishini ko‘ramiz. Tabiiyki, barchamiz uning jahon chempionati oldidan hech qanday muammoga duch kelmasligini istaymiz, lekin bo‘lar ish bo‘ldi. Maqsadimiz uni turnirga yaxshi holatda olib kelishdan iborat", - dedi Skaloni.
Eslatib o‘tamiz, "albesileste" mundialdagi ilk uchrashuvini 17-iyun kuni Jazoirga qarshi o‘tkazadi.